Chilonzor tumanida joylashgan Artel maktabida tuman hokimi va maktab o'qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bundan maqsad davlatimiz rahbarining topshirig'i asosida o'quvchilarni zamonaviy kasbga yo'naltirish va bu bo'yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Tuman hokimi o'quvchilarning zamonaviy kasblarni egallashga doir o'z taklif va tavsiyalarini bildirib, yig'ilganlarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.