Yangihayotda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Erta tongdan boshlangan tozalash ishlari sabab mahalla ichki ko'chalari, uylar oldi tartibga keltirilmoqda. Tuman hokimi va sektor rahbarlari ham mazkur ishlarni ko'zdan kechirib, mas'ullarga tegishli topshiriqlarni berishdi.
Shu o'rinda fuqarolardan ham tozalikka rioya qilishlarini, tuman obodonlashtirish xodimlarining mehnatlarini qadrlagan holda, o'z uy atroflarini ozoda saqlashlarini so'rab qolardik.