Yangihayot tumani hokimi – Fuqarolarni muhofaza qilish boshlig‘i buyrug‘iga asosan, yoz faslini yong’insiz va betalafot o’tkazish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzildi.
“Yangihayotda yong’insiz yoz” nomli kompleks tadbirlar doirasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish va aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.
Sizni ham ushbu muhim tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Yong‘in xavfsizligiga befarq bo‘lmang – o‘zimiz va yaqinlarimiz xavfsizligi o‘z qo‘limizda!