Yangihayot tumanida elektr tarmoqlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
Xususan, kuni kecha "Do'stlik" mahallasidagi 1 ta transformator punkti mukammal ta'mirlandi. Shuningdek, "Yangi Darxon" mahallasining Navro'z ko'chasiga 400 metr SIP kabeli o'tkazilib, hududdagi yuqori kuchlanishli tarmoq montaj qilindi.
Bu — hali xayrli ishlarning boshlanishi. Elektr tarmoqlarini yangilash ishlari sizning ham mahallangizda olib boriladi. Xabardor bo'lish uchun bizni kuzatishda davom eting!