Prezidentning "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori doirasida tumanda qilinayotgan bunyodkorlik ishlari ko'zdan kechirilmoqda.
Xususan, kuni kecha Bosh prokuror o'rinbosari, boshqarma boshlig'i va Toshkent shahar prokurori o'rinbosari tomonidan Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari ahvoli o'rganildi.
O'rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berildi.