Bugun Xushnud mahallasida Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi tomonidan 4-sektor hududida yashovchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabulda 17 nafar fuqaro oʻzini qiynab kelayotgan muammolar: uy-joy, tadbirkorlik, kontrakt toʻlovi, moddiy yordam kabi masalalar boʻyicha murojaat qildi.
Quvonarlisi, murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Xususan, 5 nafar talaba-yoshlarning toʻlov kontrakti toʻlab berildi, 6 nafar fuqaroga moddiy yordam koʻrsatildi.