Yangihayot tumani hokimligida Idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, kommunal soha vakillari, korxona va boshqa tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etib, kun tartibida qilinishi kerak bo'lgan vazifalarni belgilab oldilar.
Xususan, obodonlashtirish, kommunal soha bo'yicha tumandagi muammolarni hal etish, aholini gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan barqaror ta'minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligiga doir masalalalar hal etilishi ta'kidlandi.