YANGIHAYOT TUMANI DAVLAT SOLIQ INSPYEKSIYASI BOSHLIG‘INING HISOBOTI VA TADBIRKORLARGA MUROJAATI
Yurtboshimiz joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida sohani takomillashtirish. Xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarni o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tushuntirish maqsadida 28-29 mart kunlari Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari ishtirokida Yangihayot tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tuman davlat soliq ingspeksiyasi tomonidan 2022 yil iyul oyi davomida amalga oshirilgan ayrim ma’lumotlarga e’tiboringzni qaratsak. Davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 8 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda qariyb 312 nafar tadbirkorlik sub’ektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi. .
Ayni paytda tumanda 1188 taga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatadi. Iyul oyida “Soliqchi ko‘makchi ” tamoyili asosida tumanimizdagi 1188 ta korxonaning 185 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 128 tadan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etiladi.
Yangihayot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan iyul oyida tadbirkorlik sub’ektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 34 ta korxonadagi 128 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 11 nafar, Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 110 nafar, qurilish korxonalarida 5 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 2 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 57,6 million so‘m qo‘shimcha mablag yo‘naltirildi.
Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’murchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk solig‘i esa 2 foizdan 1,5 foizga tushirildi. Aylanmadan olinadigan solig‘i stavkasi o‘tgan yilgi foizdan saqlab qolindi. Natijada, Yangihayot tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar ko‘paygan bo‘lsa, Aylanmadan olinadigan solig‘i to‘lovchilari soni 1056 tadan 1188 taga yetdi.
Joriy yilning iyul oyida “Soliq-hamkor” dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzurliklari to‘g‘risida jami 35 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar yuzasidan 35 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi.
2022-yilning iyul oyi davomida tushgan ushbu murojaatlarning barchasi o‘z tasdig‘ini topdi.
Murojaat qilgan 17 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 9,5 mln. so‘m pul mablag‘lari belgilangan tartibda o‘tkazib berildi.
O‘tgan 7 oy mobaynida 11 ta korxonalarga yer solig‘i, 17 ta korxonaga mol-mulk solig‘i, 58 ta korxonaga ijtimoiy soliq, 2 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq uchun soliq to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanildi.
Hurmatli tadbirkorlar! Yangihayot tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi-ko‘makchi ” tamoyili asosida sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar. Bizga murojaat qiling barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni o‘rgatishga astoydil ko‘maklashamiz
Yangihayot tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ibragimov Akbarxon Akramxonovich ,