info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tumani davlat soliq inspektsiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan murojaati

Yangihayot tumani davlat soliq inspektsiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan murojaati
timeicon 27-12-2022

Yurtboshimiz joriy yilning 16 mart kuni Davlat soliq qoʼmitasiga tashrifi chogʼida sohani takomillashtirish, xususan, soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish sifati va koʼlamini oshirish, shuningdek, «Soliqchi- koʼmakchi» tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʼrganish va soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʼzgarish va yangiliklar bilan tushuntirish maqsadida, 28-29 mart kunlari Davlat soliq qoʼmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi. Davlat soliq qoʼmitasi raisning oʼrinbosari ishtirokida Yangihayot tumanida oʼtkazilgan uchrashuvda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringizni qaratsak. Davlat soliq inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 7 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazildi.
Uchrashuvlarda qariyb 380 nafar tadbirkorlik subʼektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Аyni paytda tumanda 1195 taga yaqin tadbirkorlik subʼektlari faoliyat koʼrsatadi. Yil boshidan buyon «Soliqchi-koʼmakchi » tamoyili asosida tumanimizdagi 1195 ta korxonaning 345 ta muammolari oʼrganilib, mazkur muammolarning 300 tadan ortigʼi bevosita soliq xodimlari koʼmagida hal etildi.
Yangihayot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 534 ta korxonadagi 2019 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Аgar sohalar kesimida koʼrib chiqadigan boʼlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 204 nafar, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalarida 1364 nafar, qurilish korxonalarida 268 nafar hamda qishloq xoʼjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 183 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 2,059 million soʼm qoʼshimcha mablagʼ yoʼnaltirildi.
Аytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq maʼmuriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
2022 yil byudjet daromadlari prognoz koʼrsatkichlari bajarilishi yoʼnalishi.
2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlariga belgilangan 58,7 mlrd. soʼm reja 89,6 mlrd. soʼmga yoki 30,9 mlrd. soʼm (152,6 %) ortigʼi bilan bajarilishi taʼminlandi.
2021 yildagi tushum 44,4 mlrd.soʼmga nisbatan oʼsish surati 201,8% ni tashkil etadi.
Maxalliy byudjet daromadlariga 2022 yil uchun belgilangan 42,9 mlrd. soʼm reja 54,7 mlrd. soʼmga yoki 11,7 mlrd. soʼm (127,0 %) ortigʼi bilan bajarilishi taʼminlandi.2021 yildagi tushum 32,8 mlrd.soʼmga nisbatan oʼsish surati 166,7% ni tashkil etadi.
Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʼi esa 2 foizdan 1,5 foizga tushdi. Аylanmadan olinadigan soliq stavkasi oʼtgan yilgi foizdan saqlab qolindi. Natijada Yangihayot tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar koʼpaygan boʼlsa, aylanmadan olinadigan soliq toʼlovchilar soni 1056 dan 1195 taga yetdi.
Joriy yil yakuni boʼyicha «soliq-hamkor» dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq soliq hukukbuzurliklar toʼgʼrisida jami 1389 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlar yuzasidan 348 ta sayyor soliq tekshiruvlari oʼtkazildi. 2022 yil yakuni boʼyicha tushgan ushbu murojaatlarning barchasi oʼz tasdigʼini topdi.
Murojaat qilgan 280 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 174 mln. soʼm pul mablagʼlari belgilangan tartibda oʼtkazib berildi. 2022 yil mobaynida 12 ta korxonaga yer soligʼi, 12 ta korxonaga mol-mulk soligʼi, 6 ta korxonaga ijtimoiy soliq, 11 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq uchun soliq toʼlovlaridan imtiyoz qoʼllanildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102 Qaror boʼyicha Yangixayot tuman 4 sektorda tashkil etilgan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha shtab aʼzolari tomonidan oʼzlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlarni eshitish va mavjud muammolarni bartaraf etish tahlili, Sektor shtabiga toʼgʼridan-toʼgʼri kelib murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida bartaraf etish choralarini koʼrish yuzasidan 4-sektor rahbari tomonidan 2022 yil davomida Yangixayot tumanida fuqarolar bilan 96 ta sayyor qabuli oʼtkazildi.
Kelib tushgan murojatlar soni 403 ta ulardan 100 tasi moddiy yordam 30 tasi subsiyada 65 tasi komunal xizmati, 41 tasi uy-joy tamirlash boʼyicha, 45 tasi sogʼliqni saqlash, 32 tasi Yer ajratish, 30 tasi imtiyozli kredit, 32 tasi boshqa masalalar.

Hurmatli tadbirkorlar!

Yangihayot tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari «Soliq-koʼmakchi » tamoyili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyor. Bizga murojaat qiling. Barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni oʼrgatishga astoydil koʼmaklashamiz.

Аkbarxon Ibragimov,
Yangihayot tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech