info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʼining murojaati

Yangihayot tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʼining murojaati
timeicon 09-02-2023

(2023 yil yanvarь oyi yakuni boʼyicha)

Yurtboshimiz joriy yilning 16 mart kuni Davlat soliq qoʼmitasiga tashrifi chogʼida sohani takomillashtirish, xususan, soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish sifati va koʼlamini oshirish, shuningdek, «Soliqchi- koʼmakchi» tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʼrganish va soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʼzgarish va yangiliklar bilan tushuntirish maqsadida, 28-29 mart kunlari Davlat soliq qoʼmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi. Davlat soliq qoʼmitasi raisning oʼrinbosari ishtirokida Yangihayot tumanida oʼtkazilgan uchrashuvda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 2023 yil yanvarь oyi davomida amalga oshirilgan ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringizni qaratsak. Davlat soliq inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 2 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazildi.
Uchrashuvlarda qariyb 47 nafar tadbirkorlik subʼektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Аyni paytda tumanda 1195 taga yaqin tadbirkorlik subʼektlari faoliyat koʼrsatadi. Yanvarь oyi yakuni boʼyicha «Soliqchi-koʼmakchi » tamoyili asosida tumanimizdagi 1195 ta korxonaning 65 ta muammolari oʼrganilib, mazkur muammolarning 58 tadan ortigʼi bevosita soliq xodimlari koʼmagida hal etildi.
Yangihayot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 34 ta korxonadagi 153 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Аgar sohalar kesimida koʼrib chiqadigan boʼlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 35 nafar, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalarida 77 nafar, qurilish korxonalarida 19 nafar hamda qishloq xoʼjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 22 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 139 million soʼm qoʼshimcha mablagʼ yoʼnaltirildi.
Аytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq maʼmuriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
2023 yil byudjet daromadlari prognoz koʼrsatkichlari bajarilishi yoʼnalishi.
2023 yil uchun davlat byudjeti daromadlariga belgilangan Yanvarь oyi uchun 6,9 mlrd. soʼm reja 7,2 mlrd. soʼmga yoki 0.2 mlrd. soʼm ortigʼi bilan bajarilishi taʼminlandi.
Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʼi esa 2 foizdan 1,5 foizga tushdi. Аylanmadan olinadigan soliq stavkasi oʼtgan yilgi foizdan saqlab qolindi. Natijada Yangihayot tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar koʼpaygan boʼlsa, aylanmadan olinadigan soliq toʼlovchilar soni 1056 dan 1195 taga yetdi.
Joriy yil yakuni boʼyicha «soliq-hamkor» dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq soliq hukukbuzurliklar toʼgʼrisida jami 1389 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlar yuzasidan 348 ta sayyor soliq tekshiruvlari oʼtkazildi. 2022 yil yakuni boʼyicha tushgan ushbu murojaatlarning barchasi oʼz tasdigʼini topdi.
Murojaat qilgan 27 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 71 mln. soʼm pul mablagʼlari belgilangan tartibda oʼtkazib berildi. 2022 yil mobaynida 12 ta korxonaga yer soligʼi, 12 ta korxonaga mol-mulk soligʼi, 6 ta korxonaga ijtimoiy soliq, 11 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq uchun soliq toʼlovlaridan imtiyoz qoʼllanildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102 Qaror boʼyicha Yangixayot tuman 4 sektorda tashkil etilgan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha shtab aʼzolari tomonidan oʼzlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlarni eshitish va mavjud muammolarni bartaraf etish tahlili, Sektor shtabiga toʼgʼridan-toʼgʼri kelib murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida bartaraf etish choralarini koʼrish yuzasidan 4-sektor rahbari tomonidan 2023 yil yanvarь oyi yakuni boʼyicha Yangixayot tumanida fuqarolar bilan 4 ta sayyor qabuli oʼtkazildi.
Kelib tushgan murojatlar soni 16 ta ulardan 2 tasi moddiy yordam, 4 tasi sogʼliqni saqlash, 1 tasi imtiyozli kredit, 9 tasi boshqa masalalar.

Hurmatli tadbirkorlar!

Yangihayot tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari «Soliq-koʼmakchi » tamoyili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyor. Bizga murojaat qiling. Barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni oʼrgatishga astoydil koʼmaklashamiz.

Аkbarxon Ibragimov, Yangihayot tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech