info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʼining hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

Yangihayot tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʼining hisoboti va tadbirkorlarga murojaati
timeicon 09-11-2022

 

Yurtboshimiz joriy yilning 16 mart kuni Davlat soliq qoʼmitasiga tashrifi chogʼida sohani takomillashtirish, xususan, soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish sifati va koʼlamini oshirish, shuningdek, «Soliqchi- koʼmakchi» tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʼrganish va soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʼzgarish va yangiliklar bilan tushuntirish maqsadida, 28-29 mart kunlari Davlat soliq qoʼmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi. Davlat soliq qoʼmitasi raisning oʼrinbosari ishtirokida Yangihayot tumanida oʼtkazilgan uchrashuvda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 2022 yilning Oktabrь oyi davomida amalga oshirilgan ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringizni qaratsak. Davlat soliq inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 2 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazildi.
Uchrashuvlarda qariyb 76 nafar tadbirkorlik subʼektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Аyni paytda tumanda 1195 taga yaqin tadbirkorlik subʼektlari faoliyat koʼrsatadi. Yil boshidan buyon «Soliqchi-koʼmakchi » tamoyili asosida tumanimizdagi 1195 ta korxonaning 56 ta muammolari oʼrganilib, mazkur muammolarning 42 tadan ortigʼi bevosita soliq xodimlari koʼmagida hal etildi.
Yangihayot tuman davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 26 ta korxonadagi 126 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Аgar sohalar kesimida koʼrib chiqadigan boʼlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 12 nafar, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalarida 106 nafar, qurilish korxonalarida nafar hamda qishloq xoʼjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 8 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 163,8 million soʼm qoʼshimcha mablagʼ yoʼnaltirildi.
Аytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq maʼmuriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʼi esa 2 foizdan 1,5 foizga tushdi. Аylanmadan olinadigan soliq stavkasi oʼtgan yilgi foizdan saqlab qolindi. Natijada Yangihayot tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar koʼpaygan boʼlsa, aylanmadan olinadigan soliq toʼlovchilar soni 1056 dan 1195 taga yetdi.
Joriy yilning Oktabrь oyida «soliq-hamkor» dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq soliq hukukbuzurliklar toʼgʼrisida jami 60 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlar yuzasidan 60 ta sayyor soliq tekshiruvlari oʼtkazildi. 2022 yilning 3-choragi davomida tushgan ushbu murojaatlarning barchasi oʼz tasdigʼini topdi.
Murojaat qilgan 21 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 8,29 mln. soʼm pul mablagʼlari belgilangan tartibda oʼtkazib berildi. Oktabrь oyi mobaynida 1 ta korxonalarga yer soligʼi, 1 ta korxonaga mol-mulk soligʼi, 3 ta korxonaga ijtimoiy soliq, 3 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq uchun soliq toʼlovlaridan imtiyoz qoʼllanildi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Yangihayot tumani Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari «Soliq-koʼmakchi » tamoyili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyor. Bizga murojaat qiling. Barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni oʼrgatishga astoydil koʼmaklashamiz.

Аkbarxon Ibragimov,
Yangihayot tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech