Yangihayot mudofaa ishlar boʻlimi binosi yangilanadi
Kuni kecha Toshkent shahar harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Yangihayot tumani mudofaa ishlari boʻlimiga kelib, harbiylar faoliyatini oʻrgandi.
U yerda harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonidan tashqari, Toshkent shahar majburiy ijro byurosi boshligʻi, tuman hokimi hamda tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi boʻldi.
Tashrif davomida mazkur hududda joylashgan mudofaa ishlar boʻlimi binosini zamonaviy hamda namunaviy loyiha asosida yangitdan qurib bitkazish masalasi muhokama qilindi