"Yangihayot" mahallasida faollar ishtirokida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Unda tuman hokimi boshchiligida "Yangihayot" va "Oriyat" mahallasining faol fuqarolari bilan birga bir nechta jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari hamda unga omil bo‘lgan shart-sharoitlar tahlil qilindi.
Muhokama davomida tuman hokimi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda nafaqat "mahalla yettiligi" vakillari, huquq-tartibot xodimlari shu bilan birga fuqarolarning o‘z o‘rni borligini ta’kidladi.