Yangihayot yoshlari chempion.
Ha, huddi shunday. Toshkent shahridagi mahalla jamoalari oʼrtasida boʼlib oʼtayotgan futbol boʼyicha DXX kubogining yarim final bosqichida bizning yoshlar gʼalaba qozondi.
Qizgʼin oʼtgan musobaqada tumanimizning “Doʼstlik” MFY yoshlari Yashnobod tumanining “Fazogir” MFY yoshlariga qarshi toʼp surishdi va 2:1 hisobda gʼalaba qozonib, final bosqichiga yoʼllanma olishdi.
Tumanimiz shaʼnini himoya qilayotgan “Doʼstlik” jamoasiga finalda ham omad yor boʼlishini tilaymiz!