"Yangi Umid" mahallasida "Mikroloyihalar yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha "Yangi Umid" mahallasida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 70 ga yaqin fuqarolar uchun navbatdagi "Mikroloyihalar yarmarkasi" tashkil etildi. Unda tijorat banklarining filiallari imtiyozli kredit va biznes loyihalar taklifi bilan qatnashdi.
Shuningdek, yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki raisi o‘rinbosari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi mas’ullari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.