"Yangi Choshtepa" mahallasida tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli tashkil etildi.
Unda 11 nafar fuqaro ishtirok etib, turli masalalar, xususan, tibbiyot, moddiy yordam, subsidiya, ishga joylashish masalalari bo'yicha murojaat qilishdi.
Murojaatlarning 5 tasi ijobiy yechim topdi, qolgan murojaatlarni o'rganib chiqish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.