Yana 8 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi
Kasb-hunar o‘qishini tamomlagan bir nechta yangihayotlik xotin-qizlarga subsidiya asosida turli asbob-uskunalar olib berildi.
Ushbu subsidiyalarni tuman kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari bugun o‘z egalariga topshirdi.
Tumanimizning "Tashabbus", "Yangi Darxon", "Oriyat", "Zarbdor", "Yangi Umid" hamda "Chorbog‘" mahalla fuqarolari yig'inida istiqomat qiluvchi ushbu fuqarolar kelgusida tikuvchilik va IT sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan.