Xabaringiz bor, 5-yanvardan 31-yanvargacha xonadonma-xonadon yurib, xotin-qizlar bilan muloqot oʻtkazish va anketa soʻrovnomalarni toʻldirish ishlari yoʻlga qoʻyilgan edi.
Mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, koʻcha boshlari tomonidan xatlov boshidan 41826 ta xonadonlarda 30 yoshdan yuqori 35217 nafar ayollardan, jami 34026 nafar xotin-qizlarga anketa soʻrovnomalari toʻldirildi.
Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga 3376 nafar xotin-qizlar kiritilishi belgilab olindi.