Yana 9 nafar yoshning bandligi ta’minlandi
Gap shundaki, kuni kecha Toshkent markaziy bog‘ida “Adolat” SDP tashabbusi bilan ishsizlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada 9 nafar probatsiya nazoratidagi yangihayotlik yoshlar ham ishtirok etib, korxona va tashkilotlardagi vakansiyalari bilan tanishdi. Natijada ularning barchasi ishga joylashtirildi.