Yangihayot tuman davlat soliq inspektsiyasi boshligʼi, 4-sektor rahbari Xushnud mahallasida qad rostlayotgan sport maktabining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Qurilish sifatiga alohida eʼtibor berish kerakligi, sport maktabi har tomonlama qulay va zamonaviy boʼlishi taʼkidlab oʼtildi. Shuningdek, tumanimiz yoshlari uchun qurilayotgan binoning tez fursatda ishga tushirilishi borasida masʼullarga topshiriq berildi.