Kuni kecha Qonunchilik palatasi deputatlari, tuman deputatlari tashabbusi bilan tumanimizdagi 331-maktab hamda 123-sonli DMTTda "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirildi.
Tadbir davomida 200 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi. Yillar o'tgach ushbu ko'chatlar maktab va MTT dargohida katta bog' bo'lib, salqin go'shaga aylanadi, mevalaridan esa jajji bolajonlar va o'quvchilar bahramand bo'lishadi.