329-sonli umumta’lim maktabida maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixologlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, mediasavodxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish borasida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan diniy ekstremizm va terrorizm kabi yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari, ularga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish haqida tushuntirishlar berildi.