Tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5033 sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi 30 ta mahallada yangi turmush qurgan xotin-qizlarga kulolchilik mahsuloti sovgʻa qilindi.
Tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi tumandagi “Chorbogʻ”, “Chortoq”, “Ibrat” MFYlarida istiqomat qiluvchi, kuni kecha nikoh toʻyi boʻlgan oilalarga tashrif buyurib, 311nafar yosh oila vakillariga sovgʻa ulashdi.