Bugun tuman hokimligida tuman hokimi, tuman prokurori boshchiligida 30 nafar mahalla hokim yordamchilari uchun yig'ilish o'tkazildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari rahbarligida o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2022-2024-yillarda ajratilgan kreditlarning muammoga aylangan qismini kamaytirish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Kreditlarni o'z vaqtida to'lash bo'yicha tadbirkor va fuqarolar bilan muloqot olib borish zarurligi ta'kidlandi.