285-umumta’lim maktabida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" nomli tadbir o‘tkazildi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda tumanimiz bo‘ylab "Zo‘ravonlikka qarshi faol 16 kun" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Aksiya doirasida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi va huquqni muhofaza qilish idoralarining mas’ul xodimlari o‘zaro hamkorlikda joylarda tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.
Xususan, bugun "Yorqinhayot" mahallasidagi 285-umumta'lim maktabida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Unda jinoyatchilik va zo‘ravonlikning oldini olish, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi.