Tumanimizdagi 10 nafar uyushmagan yoshlar tuman IIO FMB mas'ul xodimlari hamda VYMB inspektor-psixologlar boshchiligida "Chirchiq" harbiy poligonida harbiy xizmat o‘tashmoqda.
10 kun davom etadigan harbiy xizmatda yoshlarga “O‘z-o‘zini boshqarish va idrok etish” psixologik seminar-treninglar, harbiy sport estafetasi, sport turlari bo‘yicha musobaqa: turnikka tortilish, brus, tosh ko‘tarish, arqon tortish shuningdek, o‘quv-immitatsiya granatalarni uloqtirish, jangovar tayyorgarlik bo‘yicha amaliy me’yorlarni bajarish, harbiy-tibbiyot asoslarini o‘qitish, o‘quv joyi – ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish me’yorlarini bajarish, BTGR qurolidan ko‘rgazmali o‘q otish kabi mashg‘ulotlarni o'tashadi.