Hurmatli jurnalistlar, blogerlar va tumanimiz ahli!
Bizda ertaga, 19-aprel kuni soat 11:00da navbatdagi brifing tashkil etiladi. Brifing "Temir daftar"ni yuritish orqali Yangihayot tumanida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida bo'lib o'tadi.
Ma'lumotlar moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha bosh mutaxassis Tursunboy Jo'rayev tomonidan taqdim etiladi.
Brifingni facebookdagi rasmiy sahifamiz orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.