Hurmatli tumandoshlar!
10-iyul – 10-avgust kunlari respublikamiz hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri amalga oshiriladi.
Tadbir doirasida yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.
"Dolzarb 30 kun" tadbirlariga hokimiyat organlari, tashkilotlar va keng jamoatchilik jalb etiladi.
Tumanimiz ahlidan ham mazkur tadbirda faol ishtirok etishlarini so'raymiz!