Hurmatli OAV vakillari va tumanimiz ahli!
Bizda bugun, 23-yanvar kuni, soat 16:00da navbatdagi brifing bo'lib o'tadi. Brifing mavzusi: "Yangihayot tumanining investitsion salohiyatini rivojlantirish uchun investitsiya yo'nalishida qilingan istiqbolli rejalar".
Ma'lumotlar tuman hokimi o'rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'i Otabek Fozilov tomonidan taqdim etiladi.