Hurmatli fuqarolar!
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida “Ishonch markazi” yoʻlga qoʻyildi va joriy yilning 10-yanvar kunidan faoliyat yurita boshladi.
“Ishonch markazi”ga zoʻravonlik holatlari boʻyicha fuqarolar “1259” qisqa telefon raqamiga va huquqiy maslahatga muxtoj boʻlganlar “1286” qisqa telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.