Joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabriga qadar «Yongʼin xavfsizligi oyligi» deb, eʼlon qilindi.
Mavsum davomida xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
Gaz plitalaridan uyni isitish maqsadida foydalanmang.
Qoʼlbola va nosoz isitish pechlarini ishlatmang.
Isitish pechlari va ularning dudburon-moʼrikonlarini notoʼgʼri oʼrnatmang.
Isitish qozoni va pechlar dudburonlarini plastik quvurlaridan yasamang.
Belgilanmagan joylarda ochiq olovdan foydalanmang.
Kuz-qish mavsumi oldidan dudburon-moʼrikonlarni koʼrikdan oʼtkazing va ularni turli buyumlar bilan toʼsib qoʼyilmaganligiga ahamiyat qarating.
Yongʼin xavfsizligi qoidlalariga amal qiling!