Avvalroq xabar berganimizdek, 18-iyun kuni Yangihayot tumanida "DXX kubogi" musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda "Milliy Yangihayot" shiori ostida ma’naviy ma’rifiy konsert dasturi o‘tkaziladi.
Shu sababli, Mehrigiyo ko‘chasining Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Tursunzoda ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi 17-iyun soat 23:00 dan 18-iyun 23:00 ga qadar vaqtincha yopiladi.
Hurmatli tumanimiz ahli va haydovchilar!
Harakatlanish mobaynida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish maqsadida vaqtinchalik aylanma yo‘llardan foydalanib turishingizni iltimos qilamiz!