Tumanimizda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
304-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, tuman nuroniylari va mahallaning faol fuqarolari, yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda taniqli shoira, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Moʻminova ham yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy chiqishlar esa yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.